Facebook atrofida yana bir mojaro maydonga chiqmoqda
AQSHda “Xunuk haqiqat: Facebook ichidagi dominantlik uchun kurash” (An Ugly Truth: Inside Facebook‘s Battle for Domination) nomli kitob paydo bo‘ldi.


Kitob mualliflari Facebook kompaniyasi muhandislari ayollarni kuzatish maqsadida o‘z kodlaridan foydalanishi haqida yuzlab dalillar majudligini aytishmoqda.
Maʼlum qilinishicha, kuzatuv turli maqsadlarda olib borilgan: ayrim erkaklar o‘zlariga yoqqan ayollarning maʼlumotlari va qiziqishlarini, ayrimlari ularning geolokatsiyasi va yozishmalarini kuzatib borgan.
Kitob mualliflari – jurnalistlar Shira Frenkel va Sesiliya King. Ular Facebook‘ning bunday qilmishlariga qarshi avval ham kurashgan va, hatto, 2014-2015 yillarda shu sababli 52 nafar xodimini ishdan bo‘shatishga erishganini aytishmoqda.
Lekin shunga qaramay, begona odamning hayotiga aralashish to‘xtamagan, aksincha, ko‘paygan. Hozirgacha Facebook‘ning maxsus kodlariga ega erkak dasturchilar ayollarning sahifasiga kirib, ular haqidagi maʼlumotlarni yig‘ib kelmoqda. Va bu maʼlumotlardan bir necha holatda uchrashuvga chiqishdan bosh tortgan ayollardan o‘ch olish maqdadida foydalanilgan. Hatto ayrim ayollarning yalong‘och suratlari ommaviy ravishda eʼlon qilinib, shaxsiy xabarlarda jo‘natilgan.
Frenkel va King Facebook rahbariyatini o‘z xodimlariga cheksiz imkoniyat berganlikda ayblamoqda.
“Natijada muhandislar uchun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari haqida maʼlumot izlash va yig‘ishda cheklovlar mavjud bo‘lmay qolgan”, - deb yozishgan mualliflar.
Sharofat Mahmudova







