O'zbekiston

Korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy taʼminot ishga tushirildi

Qayd etilishicha, internet tarmog‘idagi mazkur eanticor.uz dasturi test rejimida ishga tushirilgan bo‘lib, unda korrrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni to‘rtta shaklda, yaʼni:

Korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy taʼminot ishga tushirildi

 

  • «Korrupsiyaga duch keldim va pora berishga majbur bo‘ldim»;

  • «Korrupsiyaga duch keldim va pora bermadim»;

  • «Pora bilan bog‘liq bo‘lmagan korrupsiyaga duch keldim»;

  • «Halol ishlaydigan davlat xizmatchisini uchratdim» kabi mavzularda yuborish mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi eanticor.uz orqali berilayotgan korrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqishi bilan bir qatorda berilgan murojaatlar asosida sohalardagi korrupsion holatlarni tahlil qiladi va o‘tkaziladigan tahlil natijalariga ko‘ra korrupsiyaga imkon yaratayotgan omillarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Jumladan, korrupsiyaga yo‘l ochib berayotgan normalarni o‘zgartirish, bekor qilish yoki qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi va ularni amalga oshirish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, eanticor.uz dasturiy taʼminoti orqali fuqarolarning korrupsiyaga oid murojaatlari asosida vazirlik, idoralar, viloyat va tumanlarning statistik reytingini kuzatib borish imkoniyati yaratildi. 

Bunda, tegishli idoralar mutasaddilari reytingdan tegishli xulosalarni chiqargan holda korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Hozirda mazkur tizimda yana-da qulayliklar yaratish maqsadida dastur takomillashtirib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy taʼminot ishga tushirildi | Zamon.uz