Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari 5–6 avgust kunlari uchinchi maslahat uchrashuviga yig‘iladi
Norasmiy uchrashuv Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadi.


Bu gal ilk marta Nursulton Nazarboyev emas, Qosim-Jo'mart To'qayev qatnashadi.
MO liderlarining ilk uchrashuvi 2018-yil martda Nur-Sultonda, keyingisi 2019-yil noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgandi.
2020-yilda Qirg‘izistondagi muloqot pandemiya sabab bekor qilindi.







