Olimlar koronavirusga chalingan bemorlarni davolovchi o‘simlikni aniqladi
Olimlar Shimoliy Afrika va G‘arbiy Osiyodagi Nigella sativa (ekma sedana) o‘simliklari koronavirusni davolashda samarali foyda berishi mumkinligini aytdi. Bu haqda «Clinical and Experimental Pharmacology and Physiology» jurnaliga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, o‘simlik tarkibida o‘pka infeksiyasi rivojlanishining oldini oladigan sedana mavjud.
«Bu modda, shuningdek, COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilgan og‘ir ahvoldagi bemorlarda paydo bo‘ladigan gipersitokinemiyani blokirovka qilish qobiliyatiga ega», — degan tadqiqotning yetakchi muallifi, Avstraliya katolik universiteti professori Kaniz Fotima Shad.
Qayd etilishicha, mutaxassislar sedananing boshqa foydali xususiyatlarini ham aniqlagan. Xususan, u gipertoniya, yuqori xolesterin va qandli diabetni davolashda, shuningdek, stafilokok bakteriyalarini yo‘q qilishda samalari ekani isbotlangan. Bundan tashqari, bu moddani o‘z tarkibiga olgan o‘simlik yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida allergik rinit va sinusit, ekzema va artroz bilan og‘rigan bemorlarni davolashda yordam beradi.
Avstraliyalik olimlarning aniqlashicha, baʼzi xalqlar asrlar davomida Nigella sativa urug‘ini turli kasalliklarga, shu jumladan, yallig‘lanish va infeksiyaga anʼanaviy davo sifatida ishlatib kelgan. Jumladan, O‘zbekiston aholisi ham bu o‘simlik urug‘ini kundalik hayotda ishlatib keladi.







