O‘zbekiston energetika tizimi uchun 81.6 mln dollar ajratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Hayotiy muhim infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra, loyiha uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 7 yil muddatga 81.6 mln yevro qarz olinadi. Loyihani amalga oshirish muddati 2021/2022 yillarni tashkil etadi.
Qarorga ko‘ra, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ koordinator etib belgilandi. YETTB krediti “Toshkent IES”, “Navoiy IES”, “Sirdaryo IES” va “Tolimarjon IES” o‘rtasida taqsimlanadi. Ular bir vaqtning o‘zida kreditning samarali ishlatilishi hamda vaqtida qaytarilishiga javobgar hisoblanadi.







