Pora o‘rniga 50 kg asal
Latviyada ikki nafar politsiyachi yo‘l harakati qoidasini buzgan shaxsdan noodatiy pora oldi.


Politsiyachilar agar u bir necha kilogramm asal bersa, jarima yozmaslikka vaʼda berishgan. Bu haqda mamlakat Ichki xavfsizlik byurosi xabar qilmoqda.
“Byuro jinoiy ishni Zemgalsk shahri prokuraturasiga yubordi”, deyiladi tashkilot xabarida.
Aniqlanishicha, politsiyachilar pora sifatida 50 kg asal olishgan. Ichki xavfsizlik byurosi rahbari Valters Murkiyeksning so‘zlariga ko‘ra, politsiyadagi poraxo‘rlar “yana-da ehtiyotkor va kreativ” bo‘lib ketmoqda.
Sharofat Mahmudova







