Qadimiy Olimpiya obyektalari yong‘in xavfi ostida qoldi
Open telekanalining xabar qilishicha, Peleponnesning shimoli-g‘arbiy qismidagi o‘rmon yong‘inlari qadimiy Olimpiya obyektalarini ham deyarli qamrab olgan.


Alanga qadimiy Olimpiya arxeologiya muzeyi, Xalqaro olimpiya akademiyasi va unga yaqin joylashgan arxeologik hududgacha yetib kelgan. Qutqaruvchilar bu obyektlar atrofidagi tepaliklarda yong‘inga qarshi yo‘laklar tashkil etishgan, yon-atrofdagi hududga suv sepilmoqda.
Yaqin atrofdagi aholi yashash punkti va mehmonxona xodimlari evakuatsiya qilingan. Bugundan alangani o‘chirishga aviatsiya ham jalb qilinadi.
Afinada yuzaga kelgan yong‘in oqibatida qirollikning sobiq saroyi – Tatoy ham yonib ketish xavfi ostida qoldi. Olov tez tarqalgani sababli 300ga yaqin odam alanga ichidagi uylarda qamalib qoldi. Hukumat minglab odamlarni evakuatsiya qilib, ularni mehmonxonalarga tekin joylashtirdi. Ot sporti kompleksidagi 250ta ot ham evakuatsiya qilingan.
Sharofat Mahmudova







