Samarqandda 100 million dollarlik fotoelektor stansiyasi yaqin oylarda qurib bitkaziladi
Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish ishlari davom etmoqda. Stansiya joriy yilning to‘rttinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Fransiyaning “Total Eren S.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish ishlari jadal olib borilmoqda.
Hozirda kirish yo‘llarini qurish, yer maydonini tekislash va to‘siqlar bilan o‘rab chiqish ishlari yakunlangan. Shuningdek, respublikaga loyiha doirasida ishlatiladigan uskunalar olib kelinmoqda. Hozirga qadar 50 ta konteyner olib kelingan va 200 dan ortiq ishchilar jalb qilingan.
Loyiha 2021 yilning dekabr oyida to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur stansiyaning ishga tushirilishi natijasida yiliga 260 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 76 million metr kub tabiiy gaz tejaladi.
Mazkur investitsiya loyihasi doirasida barpo etilayotgan elektr stansiyasining umumiy yer maydoni 353 gektarni, loyihaning umumiy qiymati esa 100 million AQSH dollarini tashkil etadi.







