Tojikistonda O‘zbekiston-Tojikiston-Rossiya qo‘shma mashg‘ulotlari boshlandi
Mashg‘ulotlar Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi Harb-Maydon poligonida bo‘lib o‘tmoqda.

Mashg‘ulotlar Afg‘oniston chegarasi yaqinida joylashgan “Harb maydoni” poligonida bo‘lib o‘tmoqda. Uning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasidan Qurolli Kuchlar Bosh Shtabi boshlig‘i o‘rinbosari Farruh Ziyoboyev ishtirok etdi.
O‘quv mashqlari davomida turli qo‘shin turlari harbiy tajribasi va harakati birgalikda sinovdan o‘tkaziladi. Harbiy mashg‘ulotlar 5-10 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Unga 2 yarim ming harbiy xizmatchi va 500 ga yaqin texnika jalb etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2 avgustdan 8 avgustga qadar Termizda O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari ham o‘tkazilmoqda. Unga 1yarim ming harbiy xizmatchi va 200 ta yexnika jalb qilingan.







