Alyaskada ekskursiya samolyoti qulab tushdi
Buning natijasida bortda bo‘lgan hamma — olti kishi halok bo‘lgan. Halokat Ketchikan shahri yaqinida sodir bo‘ldi. Bu haqda Alaska Public Media xabar qilmoqda.

Sohil qo‘riqchilari 5 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 11:20 da yordam kerakligi haqidagi xabarni qabul qilgan. Ammo noqulay ob-havo tufayli qutqaruvchilar zudlik bilan yo‘lga chiqa olmagan. Keyinroq ular tog‘ cho‘qqilari orasidan samolyot qoldiqlarini topishgan.
Samolyotda uchuvchi va besh nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Xabar qilinishicha, ekskursiya biror bir sayyolik firma yoxud kompaniyaga taalluqli bo‘lmagan. Sayyohlar Alyaskaga yetti kunlik sayohat uchun kelishgan.
Sharofat Mahmudova







