“Amazon” xodimlari masofadan turib ishlashni 2022 yilgacha davom ettiradi
“Amazon” kompaniyasi COVID-19 bilan kasallanishning ko‘payishi sababli xodimlarning ofislarga qaytib ishlashini kamida 2022 yil 3 yanvargacha qoldirishini maʼlum qildi.


Kompaniya xodimlarini shu yilning sentyabr oyi boshidan o‘z ofislarida ishlay boshlashiga umid bildirgan edi.
"Biz hokimiyat ko‘rsatmalariga amal qilishni davom ettiramiz. Sog‘liqni saqlash tashkilotlari bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lib, ularning maslahat va ko‘rsatmalariga amal qilamiz. Biz uchun jamoamiz xavfsizligini taʼminlash va ularga xavfsiz ish muhitini yaratish juda muhim", deydi “Amazon” o‘z bayonotida.
Ozoda Choriyeva







