BMT: Dunyo aholisining 70 foizini emlash uchun 11 milliard doza kerak
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterrish, dunyo aholisining 70 foizini yangi turdagi koronavirusga qarshi emlash uchun 11 milliard dozaga ehtiyoj borligini aytdi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.


Guterrish COVID-19 vaksinalarining xalqaro hamkorlik bo‘yicha o‘tkazilgan forumdagi nutqida, vaksinalar har kimga va hamma joyga tezroq yetib borishi kerakligini bildirgan.
“Dunyo aholisining 70 foizini emlash uchun 11 milliard doza kerak”. Guterrish bu epidemiyaning muhim bosqichini tugatish uchun muhim chegara ekanligini aytgan.
Guterrish vaksinani teng taqsimlash uchun ishlab chiqarishni ikki barobar oshirish zarurligiga eʼtibor qaratgan. Buni muvofiqlashtirish va amalga oshirish uchun G20 darajasidagi tezkor ishchi guruh zarurligini taʼkidlagan.
Akram Hamraqulov







