Delta shtammini to‘xtatish uchun yangi vaksina talab etilishi mumkin
Bloomberg: delta shtammini to‘xtatish uchun yangi vaksina talab etilishi mumkin.

Koronavirusning delta shtammining tarqalishiga qarshi kurashish uchun yangi vaksinalar kerak bo‘lishi mumkin. Bu haqda ingliz olimlarining izlanishlariga asoslanib Bloomberg nashri maʼlum qilgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, infeksiyaga qarshi emlash samaradorligi 49 foizga, simptomlar rivojlanishiga qarshi taʼsir esa 59 foizgacha pastlagan.
Shu munosabat bilan, ular bunday ko‘rsatkichlar COVID-19 delta shtammiga qarshi alohida dori ishlab chiqishga asos bo‘ladi, degan xulosaga kelishgan. Sababi virusning mutatsiyasi mavjud vaksinalarni samarasiz qilib qo‘yadi.
Ushbu tadqiqotda 98 mingga yaqin kishi qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni chog‘da dunyo bo‘ylab koronavirus yuqtirganlar soni 200 milliondan oshdi. Delta shtammi esa butun jahon bo‘ylab tarqalishga ulgurdi.







