Germaniyani koronavirusning yangi to‘lqini qamrab oldi
Emlanganlar soni ko‘payayotganiga qaramay, Germaniyani koronavirusning yangi to‘lqini qamrab oldi.

So‘nggi bir oy ichida mamlakatda yangi holatlar soni to‘rt baravarga ko‘paygan. O‘tgan kuni Germaniyada 3448 kishida virus aniqlandi, bu bir oy oldingi ko‘rsatkichdan qariyb besh barobar ko‘p.
Intensiv kasallanish asosan 15-34 yosh oralig‘ida qayd etilmoqda. 55 yoshdan oshganlar orasida nisbatan kamaygan. Hozirgi vaqtda Germaniya aholisining 54 foizdan ko‘prog‘i emlangan, 62 foizdan ortig‘i esa kamida bitta doza olgan.







