O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga uchinchi nomzod eʼlon qilindi

O‘zbekiston prezidentlik saylovida «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tomonidan partiya siyosiy kengashi raisi, Oliy Majlis qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov nomzod sifatida ishtirok etadi. Bungacha Ekopartiya va “Adolat” partiyasi ham o‘z raislarini prezidentlik saylovida nomzod sifatida tavsiya etgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga uchinchi nomzod eʼlon qilindi

 

 

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» partiyasining 6 avgust kungi navbatdan tashqari plenumida 2021 yilgi prezidentlik saylovida partiya rahbari Alisher Qodirovni nomzod sifatida ko‘rsatish masalasi muhokama qilindi.

 

Plenum davomida partiyaning bugungi kundagi yetakchisi Alisher Qodirov nomzodi partiya qurultoyida nomzod sifatida ilgari surish taklifi bildirildi. So‘zga chiqqanlar bu taklifni bir ovozdan maʼqulladi.

 

Endilikda nomzod partiya qurultoyida maʼqullanishi kerak.

 

 Tadbir davomida Alisher Qodirov so‘zga chiqib, partiya bu saylovda shunchaki qatnashmayotganini taʼkidlagan.

 

«Biz bu saylovga shunchaki kirmayapmiz. Bizning xalqqa aytadiganlarimiz bor. Biz bu saylovda muvaffaqiyatli qatnashmoqchimiz», degan u.

 

Maʼlumot uchun, Alisher Qodirov 1975 yilda tug‘ilgan. 1996 yilda Egey universitetini (Turkiya), 2009 yilda Toshkent moliya institutini (sirtdan) va 2011 yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

 

Alisher Qodirov muqaddam Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari bo‘lgan (2015 yildan Qonunchilik palatasi deputati). U 2019 yilning may oyida partiya raisligiga saylangandi.

  • O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga 23 iyul kuni start berildi. Saylovlarda 5 ta partiya – “Adolat” SDP, «Milliy tiklanish» DP, O‘zLiDeP, XDP va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini ilgari surish huquqiga ega. Saylov 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

  • Qonunchilikka ko‘ra, partiya yuqori organi uning nomzodini maʼqullashi, Respublikadagi jami saylovchilarning kamida 1 foizi nomzodni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishi kerak bo‘ladi.

  • Bundan oldinroq, Ekopartiya prezidentlik saylovi uchun partiya raisi Narzulla Oblomurodov nomzodini, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ham partiya siyosiy kengashi raisi Bahrom Abduhalimov nomzodini tavsiya etgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga uchinchi nomzod eʼlon qilindi | Zamon.uz