O‘zbekiston va Rossiya harbiy mashg‘ulotlariga harbiy aviatsiya ham jalb etildi (video)
O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlariga Rossiyaning Tu-22M3 bombardimonchi samolyotlari jalb qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

RF Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, samolyotlar Termiz poligonidagi o‘quv mashqlarida ishtirok yetgan. 4 ta Tu-22M3 Saratov viloyatidagi aerodromdan uchib kelgan hamda shartli dushmanga qarshi zarba bergan.
Xabarda aytilishicha, Tu-22M3 ga O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlarining 2 ta MiG-29 qiruvchi samolyotlari hamrohlik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2 avgust kuni Termizda boshlangan “Janub-2021” qo‘shma mashg‘ulotlari 8 avgustga qadar davom etadi.
Bundan avval O‘zbekiston-Rossiya-Tojikiston qo‘shma mashg‘ulotlari ham boshlangandi.







