Endi nafas olish uskunalari xorijdan sotib olinmaydi
O‘zbekistonda Slovakiya-Rossiya-O‘zbekiston hamkorligida anestezik nafas olish apparati (NDA) va o‘pkani sunʼiy nafas oldirish uskunalari (IVL) ishlab chiqarilmoqda.


Korxona 2021 yil 16 mart kuni Toshkent shahrida ochilgan. Bugungi kunga kelib korxona 70 dan ortiq tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaryapti.
Uskunalar Ichki ishlar vazirligi, 1-sonli shahar shifoxonalari va yana boshqa ko‘plab klinikalarda o‘rnatilgan. Qurilma mazkur markazlarda 10 ming soatdan ortiq vaqt davomida ishlab, samarali foydalanilgan.
Anestezik nafas olish apparati (NDA) bir oyda 50 ta, yilda esa 600 dan ortiq ishlab chiqarilmoqda. Korxona tomonidan shifoxonalar omborlarida yaroqsizligi sababli foydalanilmagan qurilmalar taʼmirlanib, foydalanishga topshirilgan.
Yaqin kelajakda «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» brendi Markaziy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining turli mamlakatlaridagi ko‘plab tibbiyot muassasalarida tilga olinadi.







