O‘zbekistonga Xitoydan yana 1 million doza vaksina olib kelindi
Hozirgina ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi yurtimizga olib kelindi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.


Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 14 million 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.
Ulardan:
370 ming dozasi "Sputnik V",
710 ming dozasi AstraZeneca,
10,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
3 million 60 dozasi Moderna vaksinasidir.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar 9 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida foydalanildi. Shuningdek, kecha emlashlar miqdori 426 ming dozadan ortib, kunlik vaksinatsiya bo‘yicha rekord o‘rnatildi.







