Saudiya Arabistonida xattotlik bo‘yicha tadbir boshlandi
Saudiya Arabistoni Madaniyat vazirligi qirollikning o‘nta hududida xattotlik bo‘yicha tadbir boshladi.

Tadbir dastlab Shimoliy Chegara viloyatining Arar shahrida uch kun davom etadi. Keyin Al-Joufdagi Sakaka shahriga, undan so‘ng Tabuk va Qosimga ko‘chib o‘tadi. Birinchi bosqich Asirning Abha shahrida yakunlanadi.
Tadbirning ikkinchi bosqichi sentyabr oyida Al-Baho, Hail, Madina (Al-Ula), Al-Ahsada bo‘lib, Jazonda yakunlanadi.
Unda asosan mahalliy xattotlar ishtirok etib, o‘z mahorati va imkoniyatlarini namoyish etadi.
Tadbir Shahar va qishloq ishlari, uy-joy qurilishi vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Ozoda Choriyeva







