Tokioda koronavirusning yangi shtammi o‘z vaqtida oshkor qilinmagani maʼlum bo‘ldi
Yaponiya Milliy yuqumli kasalliklar instituti Yaponiyada “Tokio -2020” Olimpiadasi boshlanishidan uch kun oldin Lyambda shtammi aniqlanganini, ammo bu maʼlumot oshkor qilinmaganligini maʼlum qildi.

Layambda shtammi Yaponiya aeroportida aniqlangan. U Perudan Tokioga uchib kelgan yo‘lovchidan topilgan.
Xabar qilinishicha, Yaponiya hukumati buni Olimpiya o‘yinlari tugaganidan keyin eʼlon qilmoqchi bo‘lgan.
Olimlarning taʼkidlashicha, yangi shtamm vaksinalarga kuchli qarshilik qilishi mumkin. Hozirda bu shtamm dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida tarqalgan.
Tokioda koronavirus bilan kasallaganlar soni kun sayin oshib bormoqda.







