Turkiyada oʻt oʻchiruvchilar 196 ta oʻrmon yongʻinlarini oʻchirdi
Turkiyadagi oʻt oʻchiruvchilar va maxsus xizmatlar mutaxassislari 208 ta oʻrmon yongʻinlaridan 196 tasini oʻchirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.


Antaliya va Mugʻlaning kurort viloyatlarida yongʻinlar hali ham davom etmoqda. Minglab gektar oʻrmon yonib ketdi. Biroq, rasmiy xabarlarga koʻra, endi aholi turar joylari va sayyohlik joylari uchun hech qanday xavf yoʻq. Bu haqda 6-avgust kuni Turkiya prezidenti ma’muriyati matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Avvalroq, 27-iyulda respublikada kuchli oʻrmon yongʻinlari boshlangan va ular kurortlar joylashgan bir qator qirgʻoq hududlarini qamrab olgandi.

Oʻt oʻchiruvchilar hali ham bir qator hududlarda tabiiy ofatni bartaraf etishga harakat qilmoqda. Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lumotiga koʻra, tabiiy ofat qurbonlari soni 8 ga yetdi, 850 dan ortiq kishi jarohat olgan.
Eslatib otamiz, 1-avgust holatiga kora halok bolganlar soni 6 ta va ochirilgan yongin ochoqlari soni esa 88 tani tashkil etgandi.







