“Unity 23"ning birinchi suborbital sayyohlik parvozi sentyabr oyi oxirida amalga oshiriladi
Virgin Galactic kompaniyasi suborbital kosmosga sayyohat qilish uchun chipta sota boshladi — bitta joy boshlang‘ich narxi 450 ming dollar.

Shu yilning iyuliga qadar chipta uchun 600 kishi buyurtma bergan edi. Birdaniga bir nechta chipta sotib olish ham mumkin.
"Unity 23"ning birinchi suborbital sayyohlik parvozi sentyabr oyining oxiriga rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Virgin Galactic kosmosga ikkita bepul chipta taklif qilgan edi. Kompaniya asoschisi Richard Branson besh kishidan iborat guruh bilan VCC Unity kosmik laynerida sinov tariqasida birinchi suborbital parvozni amalga oshirdi va Yerga muvaffaqiyatli qo‘ndi.
Nasiba To‘xtayeva







