O'zbekiston

O‘zbekistonda 67 ta bolalar-o‘smirlar sport maktabida ot sporti bo‘yicha bo‘limlar ochiladi

«O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram‘dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

O‘zbekistonda 67 ta bolalar-o‘smirlar sport maktabida ot sporti bo‘yicha bo‘limlar ochiladi

 

 

Qarorga ko‘ra, 2021—2025 yillarda quyidagilar tashkil etiladi:

 

  • 67 ta bolalar-o‘smirlar sport maktabida ot sporti turlari, shu jumladan, zamonaviy beshkurash bo‘yicha 52 ta, polo bo‘yicha 15 ta bo‘lim;

  • har bir olimpiya zaxiralari kollejida ot sporti va zamonaviy beshkurash bo‘limlari;

  • naslli va zotdor otlarni ko‘paytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 170 ta yilqichilik xo‘jaligi.

 

2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ot sporti bo‘yicha mehnatni rag‘batlantirishda usta-chavandoz, ot parvarishlovchi, taqachi, otxona boshlig‘i (brigadir) — trenerga, veterinar-shifokor — shifokorga, zootexnik va feldsher-veterinar — hamshiraga tenglashtiriladi.

 

2022/2023-o‘quv yilidan:

  • Samarqand veterinariya meditsinasi instituti hamda uning Nukus va Toshkent filiallarida yilqichilikka ixtisoslashgan veterinariya shifokorlari va zootexniklarini tayyorlash bo‘yicha bakalavriat taʼlim yo‘nalishi ochiladi;

  • O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farg‘ona filiallarida ot sporti bo‘yicha bakalavriat taʼlim yo‘nalishining maxsus sirtqi taʼlim shakli ochiladi.

 

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab har yili ot yo‘rttirish turi bo‘yicha Toshkent viloyatida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun», to‘siqlardan sakrash (konkur) turi bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida «Qarshi Open», Toshkent shahrida «Millatlar kubogi» xalqaro turnirlari tashkil etiladi.

 

2022 yil 1 sentyabrgacha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hududida 30 o‘rinli zamonaviy otxona binosi va ochiq sport maneji barpo etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda 67 ta bolalar-o‘smirlar sport maktabida ot sporti bo‘yicha bo‘limlar ochiladi | Zamon.uz