O'zbekiston

O‘zLiDeP prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini tavsiya qildi

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham bu yilgi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini eʼlon qildi.

O‘zLiDeP prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini tavsiya qildi

 

Partiya 7 avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari plenumida Shavkat Mirziyoyevni nomzod sifatida ilgari surdi. Uning nomzodi O‘zLiDeP qurultoyida tasdiqlanishi lozim bo‘ladi. 

 

Shavkat Mirziyoyev 1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. 1981 yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. 

 

Mehnat faoliyatini 1981 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan. 

 

1992 yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. 1996–2001 yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001–2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlagan. Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995–2003 yillarda Oliy Majlis deputati bo‘lgan.

 

Bugun, shuningdek Xalq demokratik partiyasi ham prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surdi. Bundan avval, «Milliy tiklanish», Ekopartiya va “Adolat” partiyasi ham o‘z raislarini prezidentlik saylovida nomzod sifatida tavsiya etgandi.

 

Shunday qilib, O‘zbekistondagi barcha partiyalar bu yilgi prezidentlik saylovlari uchun o‘z nomzodlarini ilgari surib bo‘ldi. 

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga 23 iyul kuni start berildi. Saylovlarda 5 ta partiya – “Adolat” SDP, «Milliy tiklanish» DP, O‘zLiDeP, XDP va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini ilgari surish huquqiga ega. 

 

Saylov 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

Qonunchilikka ko‘ra, partiya yuqori organi uning nomzodini maʼqullashi, respublikadagi jami saylovchilarning kamida 1 foizi nomzodni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishi kerak bo‘ladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zLiDeP prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini tavsiya qildi | Zamon.uz