Shvetsiya TIV rahbari prankerlarga davlat sirini ochib qo‘ydi
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde rossiyalik prankerlar bilan telefon suhbati davomida davlat sirini oshkor qilganlikda aylanmoqda. Bu haqda Ttela nashri xabar tarqatgan.

Nashr jurnalisti Rune Lanestradning aytishicha, prankerlar Vladimirom Kuznetsovim (Vovan) va Alekseyem Stolyarovim (Leksus) bilan suhbatda Shvetsiya TIV rahbari Yevropa Ittifoqidagi tashqi siyosiy o‘yinlar, mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy kelishuvlar, shuningdek, shved soliq to‘lovchilari pullari uchinchi davlat orqali imi-jimida Rossiya muxolifatiga qanday o‘tkazilishi haqida aytib bergan.
“Bizga o‘zini oddiy telefon suhbatida aldashga yo‘l qo‘yib beradigan, davlat sirlarini ochib tashlaydigan bunday axmoq Tashqi ishlar vaziri kerak emas”, - deb yozgan jurnalist.
Prankerlar shu yilning iyul oyi oxirida Shvetsiya TIV rahbariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini Aleksey Navalniyning turmush o‘rtog‘i Yuliya Navalnaya va yordamchisi Leonid Volkov deb tanishtirishgan. Suhbat davomida vazir Rossiya muxolifatiga moliyaviy yordam ko‘rsatilishi mumkinligi, ammo telefonda bu haqda gaplashish kerak emasligini aytgan.
Sharofat Mahmudova







