Tokiodа poyezdda yo‘lovchilarga pichoq bilan tahdid qilgan kimsa qo‘lga olindi
Unga odam o‘ldirishga urinish ayblovi qo‘yildi. Voqea bo‘yicha surishtiruv davom etmoqda.

Avval xabar berganimizdek, Tokioda nomaʼlum kimsa qo‘lida pichoq bilan poyezdda hujum uyushtirgan edi. Tokio politsiyasi uni qo‘lga oldi. Aniqlanishicha, jinoyatchi vagonda yong‘in keltirib chiqarishga ham uringan. U vagon ichiga o‘simlik moyi sepib, yondirishga harakat qilgan.
Kyodo agentligining xabar qilishicha, hujumda gumon qilinayotgan erkak 36 yoshda, qo‘lga olinganda uning yonidan yog‘ idishi va yondirgich topilgan.
Erkak voqea joyidan qochib ketganidan bir soat o‘tgach do‘kon yonidan topilgan. Va do‘kon xodimiga o‘z qilmishi haqida aytib bergan. U esa zudlik bilan politsiyaga xabar qilgan.
Erkak tergovda ham o‘z qilmishini yashirmagan. Uning maqsadi odamlarni o‘ldirish bo‘lgan. Yopiq joyda qurbonlar soni ko‘p bo‘lishini hisobga olib, vagonda hujum uyushtirgan.
Unga odam o‘ldirishga urinish ayblovi qo‘yildi. Voqea bo‘yicha surishtiruv davom etmoqda.
Sharofat Mahmudova







