O'zbekiston

USAID O‘zbekiston maktablariga 10 mln dollarlik darsliklar to‘plamini taqdim etadi

Kecha, 6 avgust kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston Xalq taʼlimi vazirligi uchun xalqaro nashriyotlar ishlab chiqqan ikkita turkum darsliklar uchun litsenziya olganini eʼlon qildi.

USAID O‘zbekiston maktablariga 10 mln dollarlik darsliklar to‘plamini taqdim etadi

 

 

AQSH elchixonasi xabariga ko‘ra, 10 mln dollar qiymatiga teng turkum 5-11-sinflar uchun «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha darslik va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar, shuningdek, 1-11-sinflar uchun «Xorijiy til – ingliz tili» fanidan darsliklar, ish daftarlari va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalardan iborat.

 

O‘zbekiston kontekstiga moslashtirilgan darsliklar 2021-2022 o‘quv yilida 200ta maktabda sinovdan o‘tkaziladi. Ushbu darsliklarning respublika bo‘yicha 6,5 mlndan ortiq o‘quvchi o‘rtasida taqsimlanishi 2022-2023 o‘quv yilidan boshlanadi.

 

Darsliklarga qo‘shimcha ravishda, USAID Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda USAID moliyalashtiradigan “O‘zbekistonda barkamollik uchun taʼlim dasturi” doirasida ishlab chiqilgan “Ona tili” va “Matematika” (1-4-sinflar), shuningdek, “Informatika va axborot texnologiyalari” (5-11-sinflar) fanlaridan taʼlim standartlarini topshirdi. Xalqaro andozalarga maksimal moslashtirilgan ushbu yuqori sifatli asosiy hujjatlar Xalq taʼlimi vazirligiga taʼlim tizimini modernizatsiya qilishda yordam beradi.

 

“Yuqori sifatli taʼlim – taraqqiyotning kuchli drayveri hamda qashshoqlikni kamaytirish va sog‘liqni saqlash, gender tengligi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning eng kuchli vositalaridan biri. Bolalar bilim olib, muvaffaqiyat qozonsa, ular o‘z hayotini va o‘z mamlakatini o‘zgartiradigan kattalarga aylanadilar”, dedi AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblyum. “Qo‘shma Shtatlar Xalq taʼlimi vazirligini va umumiy o‘rta taʼlim sohasida tizimli va keng qamrovli islohotlar dasturiga sodiqligini qo‘llab-quvvatlaydi”, deb qo‘shimcha qildi u.

 

USAID Xalq taʼlimi vazirligini islohotlarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash uchun 2019 yilning sentyabr oyida besh yillik Taʼlim tizimini rivojlantirishda ko‘maklashish grant shartnomasini (DOAG) imzoladi. Ushbu shartnoma AQSH va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida rivojlanish bo‘yicha birinchi keng qamrovli ikki tomonlama grant shartnomasidir.

 

Bugungi kunga kelib DOAG doirasida 19,5 million AQSH dollari ajratildi. Kecha USAIDning O‘zbekistondagi Missiyasi direktori Mikaela Meredit va O‘zbekiston xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov DOAG doirasida yana 5,5 million AQSH dollari ajratishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha hujjatni imzoladi. Bu mablag‘lar yoshlarning ishga kirishidan oldin ularning tadbirkorligi va ishga tayyorligini oshirish uchun ishlatiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

USAID O‘zbekiston maktablariga 10 mln dollarlik darsliklar to‘plamini taqdim etadi | Zamon.uz