Afg‘onistonda bir oilaning 12 aʼzosi portlab ketdi
Afg‘oniston sharqidagi Paktiya viloyatida qo‘lbola portlovchi qurilma portlashi oqibatida bir oilaning 12 aʼzosi halok bo‘ldi.

Bu haqda ularning qarindoshi Ariana News telekanaliga maʼlum qilgan.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Oila ketayotgan avtomobil Sayid Karam tumanida portlab ketgan. Portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, ulardan 6 nafari bolalar. Yana ikki bola yaralangan.
Hozircha hech bir guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.







