Afg‘onistonning ikki viloyatida B-52 samolyotlari “Tolibon” ga aviazarba berdi. Bu AQSHning qaytishidan darakmi?
AQSH samolyotlari “Tolibon” ga zarba berdi.

Afg‘oniston mudofaa vazirligi rasmiy vakili Favod Omonning ma’lum qilishicha, Shibirg‘onda “Tolibon”ni B-52 samolyotlari bombardimon qilgan. Bu samolyotlar AQSHning Qatardagi Al-Udeyd aviabazasidan uchib kelgan. Aviazarbalar oqibatida 200 dan ortiq jangari halok bo‘lganligi aytildi. “Tolibon” vakili Qori Said Xostiy bu xujumlarni qoralab chiqqan.
Shuningdek aviazarbalar Xilmand viloyati markazi Lashkargoh shahrida ham amalga oshirilgan. Natijada “Tolibon” jiddiy yo‘qotishlarga duch kelgan.
Bundan avval Shibirg‘on shahri “Tolibon” tomonidan egallangani haqida xabar berilgandi







