Jahon

Afg‘oniston: “Tolibon” yana ikkita shaharni egalladi

“Tolibon” harakati Afg‘oniston shimolidagi Qunduz va Toliqon shaharlarini ham egallaganini maʼlum qildi.

Afg‘oniston: “Tolibon” yana ikkita shaharni egalladi

Bu haqda harakat vakili Qori Said Xostiy xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toliqon markazida “Tolibon” bayrog‘i o‘rnatilgan rasmlar tarqaldi. Afg‘oniston ommaviy axborot vositalari maʼlumotlariga ko‘ra, hukumat kuchlari Qunduz aeroportini o‘z qo‘lida saqlab turibdi, ammo shaharning qolgan barcha muhim obyektlari jangarilar qo‘liga o‘tgan. Shuningdek, Sari-Pul shahri ham “Tolibon” tomonidan egallangani maʼlum qilindi.

Mamlakat shimolida vaziyat keskinlashgani munosabati bilan bugun Afg‘oniston o‘zbeklari yetakchisi Marshal Abdulrashid Do‘stum mudofaa vaziri Bismilloxon Muhammadiy bilan uchrashdi. Unda Afg‘oniston shimoli va shimoli-sharqidagi viloyatlarda Qobul hokimiyatini tiklash masalasi muhokama qilindi.

“Tolibon” Hirotga hujumni davom etirmoqda. Viloyat gubernatori matbuot kotibi Farhod Jiloniyning maʼlum qilishicha, so‘nggi bir kun davomida 12 jangari Hirot ostonasida yo‘q qilingan. Shaharda hukumat kuchlari va mahalliy qurolli guruhlar “Tolibon”ga qarshi kurashmoqda.

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi 8 avgust kuni jami 572 jangari yo‘q qilinganini maʼlum qildi. Jumladan, Lashkargohda “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Mavlavi Hijrat va “Al Qoida”ning uch nafar pokistonlik aʼzosi halok bo‘lgan.

Bundan avval AQSHning B-52 samolyotlari jangarilarga aviazarbalar berganini xabar qilingan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Afg‘oniston: “Tolibon” yana ikkita shaharni egalladi | Zamon.uz