O'zbekiston

AQSH O‘zbekistonga qiymati 330 ming dollardan ziyod bo‘lgan tibbiy niqoblar yubordi

9 avgust kuni Global Jewish Assistance and Relief Network (AQSH) jamg‘armasi tomonidan beg‘araz yordam sifatida taqdim etilgan tibbiy niqoblarining birinchi qismi O‘zbekistonga keltirildi, deb xabar beradi “Dunyo” agentligi.

AQSH O‘zbekistonga qiymati 330 ming dollardan ziyod bo‘lgan tibbiy niqoblar yubordi

 

 

Hozirda umumiy qiymati 330 ming dollardan ziyod bo‘lgan qariyb 270 ming dona tibbiy niqoblarning 134 ming 400 donasi olib kelingan. Undan 165 ming donadan ortiq N95 respiratorli niqoblar, 4 ming dona KN95 va 100 ming dona uch qavatli niqoblar o‘rin olgan.

 

Taʼkidlanishicha, gumanitar yordam respublikada koronavirusning yangi to‘lqini sabab kuzatilayotgan ehtiyojni qondirishda ko‘mak maqsadida yuborilgan.

 

Qayd etilishicha, ushbu insonparvarlik yukini O‘zbekistonga yuborish xarajatlari Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonlik Furqat Rajabov hisobidan qoplangan.

 

 

«Butun yer kurrasini qamrab olgan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat hech birimizni befarq qoldirmaydi. AQSH jamg‘armasi tomonidan taqdim etilgan tibbiy niqoblarning dastlabki turkumini yurtimizga yuborishga hissa qo‘shganimizdan mamnunmiz», — deydi Rajabov.

 

«Tibbiy niqoblar o‘rnatilgan tartibda respublikaning tegishli tibbiyot muassasalari o‘rtasida tarqatiladi. Shuningdek, niqoblarning ikkinchi turkumi ham tez kunlarda O‘zbekistonga olib kelinadi», — deyiladi xabarda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

AQSH O‘zbekistonga qiymati 330 ming dollardan ziyod bo‘lgan tibbiy niqoblar yubordi | Zamon.uz