Barak Obama yubileyida ishtirok etganlar eʼlon qilgan surat va tasvirlarni o‘chirib tashlashdi. Nega?
AQSHning 44-prezidenti Barak Obamaning 60 yoshligini nishonlashga taklif etilgan mehmonlar ijtimiy tarmoqdagi o‘z sahifalarida tadbir davomida va undan keyin juda ko‘p foto va videotasvirlarni eʼlon qilgan edilar. Ammo ular tasvirlarni bir necha soatdan so‘ng ommaviy ravishda o‘chira boshlashdi.


Obamani tabriklagan reper Trep Bekxem Instagram‘da marosimdagi dasturxon, shuningdek, hammaning ko‘z oldida marixuna chekkanini eʼlon qildi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay u ham suratlarni o‘chirib, buni tadbirning asosiy shartlaridan biri — tasvirga olish taqiqlangani bilan izohladi.
Ismini oshkor qilmagan boshqa mehmonlar ham ijtimoiy tarmoqlardagi surat va videolarni o‘chirishni tug‘ilgan kun egasining o‘zi so‘raganini aytishgan. Chunki mehmonlar orasida niqobsiz yurganlar ko‘p bo‘lgan.
Fox News xabariga ko‘ra, bazm aʼlo darajada o‘tgan. Obama tinmay raqsga tushgan. Bekxem uni oldin hech kim bunday holatda ko‘rmaganini aytgan. Jurnalistlarning hisob-kitobiga ko‘ra, bazm Obama oilasiga 1 million dollarga tushgan.
Bundan avval sobiq prezident Barak Obama 60 yoshini Martas-Vinyard orolida nishonlashi haqida xabar bergan edik.
Sharofat Mahmudova







