Buyuk Britaniya 2005 yildayoq koronavirusga qarshi kurash rejasiga ega bo‘lgan, ammo...
Britaniya hukumati pandemiyaning dastlabki bosqichida 2005 yilda ishlab chiqilgan ehtimoliy koronavirus infeksiyasi epidemiyasiga qarshi kurash rejasidan foydalanmadi.

The Independence nashrining maʼlum qilishicha, 15 yil davomida hukumat 48 sahifali ushbu hujjatning mavjud ekanligini unutib qo‘ydi.
Qo‘llanmani ishlab chiqishda qatnashganlardan biri, Britaniya hukumatining sobiq bosh ilmiy maslahatchisi Devid Kingning fikricha, bu reja hukumat eʼtiboridan chetda qolgan. “Minglab insonlar hayoti saqlanib qolishi mumkin edi. Fikrimcha, iqtisodiyot ham ancha yaxshi ahvolda bo‘lardi” , degan King.
2020 yil boshida hukumat 2011 yilda ishlab chiqilgan yangi gripp turlari pandemiyasiga qarshi kurash rejasini ”Covid-19 ga” qarshi kurash strategiyasining asosi qilib oldi. The Independece nashri tahlilchilari fikriga ko‘ra, 2005yilda ishlab chiqilgan qo‘llanma yangi sharoitga ko‘proq mos tushardi — u 2002-2003-yillarda tarqalgan atipik pnevmoniya epidemiyasidan keyin tuzilgan edi.
Nashrningfikricha, 2005 yilgi rejaga qatʼiy amal qilingan taqdirda hukumat bir necha haftagina cheklovlar joriy etgan bo‘lardi, reja quyidagilarni nazarda tutgan:
Birinchidan, kasallik tarqalgan davlatlardan kirib kelganlar uchun ixtiyoriy karantin joriy etish;
Ikkinchidan, ommaviy tadbirlarni bekor qilish;
Uchinchidan, shaxsiy himoya vositalari zaxirasini yaratish.
Buyuk Britaniyada shu kunga qadar “COVID19” oqibatida 150 mingdan ziyod kishi vafot etdi, qirollik 3 marotaba umummilliy lokdaun eʼlon qildi.
Jahongir Qo‘ziyev







