O'zbekiston

Chorvoq suv omboridagi yerlarda chorva mollarining boqilishi taqiqlanadi

Vazirlar Mahkamasining “Chorvoq suv ombori atrofidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarda o‘simlik qoplamining qisqarishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Chorvoq suv omboridagi yerlarda chorva mollarining boqilishi taqiqlanadi

 

 

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi va Toshkent viloyati hokimligining quyidagi takliflariga rozilik berildi:

  • Chorvoq suv ombori atrofi va unga tutash hududlardagi barcha toifadagi yerlarda o‘rmon bilan qoplangan va o‘rmon barpo qilish mumkin bo‘lgan maydonlarni xatlovdan o‘tkazish, xatlov natijasi asosida belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni o‘rmon fondi yerlari toifasiga o‘tkazish hamda chorva mollarining boqilishini taqiqlash;
  • Chorvoq suv ombori atrofi va unga tutash hududlarda yerlar degradatsiyasining oldini olish, kuchli shamol va changli bo‘ronlar ta'sirini yumshatuvchi ihota daraxtzorlarini barpo etish;
  • geoaxborot texnologiyalari, shu jumladan, yerni masofadan zondlash va kosmik monitoring texnologiyasini keng joriy etgan holda, o‘rmon fondining hayotiy davri haqidagi aniq va doimiy ma'lumotlarni tahlil qilish, o‘rmon fondi degradatsiyasi va o‘rmonlarning noqonuniy kesilishini aniqlash va nazorat qilish tizimini yo‘lga qo‘yish;
  • aholi yashaydigan va maxsus turistik zona hisoblangan tog‘ va tog‘ oldi hududlarida tabiiy omillar ta'sirini yumshatish, yerlar degradatsiyasining oldini olish, o‘simlik va hayvonot dunyosi muhofazasi va ularni qayta tiklash bo‘yicha ilmiy yechimlarni aniqlash hamda yangi texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni tanlov asosida tashkil etish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chorvoq suv ombori hamda uning atrofidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarida o‘simlik qoplami qisqarishining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi:

  • tog‘ va tog‘oldi hududlarini o‘rmonlashtirish hamda yer eroziyasining oldini olish bo‘yicha mahalliy flora tarkibida uchraydigan daraxt va butalar sonini ko‘paytirish;
  • kuchli shamol va changli bo‘ronlar ta'sirini yumshatuvchi ihota daraxtzorlarini barpo etish;
  • chorva mollarining boqilish hududlari va chiqindi zonalarini tartibga solish;
  • o‘simlik qoplamining qisqarishiga ta'sir etuvchi tizimli omillarni o‘rganishga qaratilgan keng ko‘lamdagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini asrash;
  • ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Chorvoq suv omboridagi yerlarda chorva mollarining boqilishi taqiqlanadi | Zamon.uz