Shavkat Mirziyoyev shu hafta Tokio Olimpiadasi g‘oliblari bilan uchrashadi
Davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning joriy haftadagi rejalari bo‘yicha maʼlumotlar berdi.


O‘zbekiston prezidentining haftalik ish jadvalidan Tokio Olimpiadasi g‘oliblari va sovrindorlari bilan uchrashuv o‘rin olgan. Bundan tashqari, davlat rahbari neft va gaz sohalari bo‘yicha yig‘ilish hamda Toshkent viloyatida ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirishga oid oid taqdimotda qatnashadi.
Shavkat Mirziyoyev haftani neft va gaz sohalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish bilan boshlaydi.
Shuningdek, hafta mobaynida Toshkent viloyatida ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash hamda yo‘l bo‘ylarida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha taqdimotlar rejalashtirilgan.
«Tokio Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashuv o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqotiga ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda», — dedi Sherzod Asadov.







