Rim papasiga Fransiyadan uchta o‘q solingan maktub keldi
Rim papasiga shubhali maktub keldi. Konvertga xat bilan birga uchta o‘q ham solingan, deb xabar beradi ABC News.


Ayni vaqtda Milandagi huquqni muhofaza qilish idoralari ushbu holatni o‘rganishmoqda.
Xat pochta orqali Fransiyadan jo‘natilgan bo‘lib, pochta xodimlariga shubhali ko‘ringan va uni tekshirishgan. Maktubda, shuningdek, Vatikandagi moliyaviy operatsiyalar haqida ham yozilgan.
Vatikan hozircha mazkur holatga hech qanday izoh bergani yo‘q.
Nasiba To‘xtayeva







