Surxondaryoda haydovchisi uхlab qolgan “Nexia” beton to‘siq va simyog‘ochga borib urildi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida “Nexia” haydovchisi charchab, uхlab qolishi sababli beton to‘siqqa, so‘ng simyog‘ochga borib urildi.

Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, viloyat YHXB navbatchilik qismiga yo‘l-transport hodisasi haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib borilib, Sheroboddan Termizga qarab ketayotgan “Nexia” yo‘l chetidagi beton to‘siqqa, keyin esa simyog‘ochga urilgani aniqlangan. Hodisa haydovchining kun issiqligidan charchab, uhlab qolishi sababli sodir bo‘lgan.
Oqibatda old o‘rindiqdagi yo‘lovchi og‘ir jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Taʼkidlanishicha, tumanni kesib o‘tgan xalqaro avtomobil yo‘lining hodisa yuz bergan joyi ko‘zdan kechirilgan. U yerda taʼmirlash-qurilish ishlari ketayotgani, yo‘l belgilari o‘rnatilishida kamchilik borligi aniqlangan.







