Jahon

Xitoyda COVID-19 avj olishi tufayli 30 dan ortiq amaldor jazolandi

Xitoy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, mamlakatda COVID-19 tarqalishining oldini olishdagi kamchiliklar tufayli 30 dan ortiq kadrlar turli darajadagi javobgarlikka tortilgan.

Xitoyda COVID-19 avj olishi tufayli 30 dan ortiq amaldor jazolandi

 

Xabarlarga ko‘ra, ayrim shaharlarda vitse-mer darajasidagi bir nechta mansabdorlar, shahar okrugi rahbarlari, mahalliy sog‘liqni saqlash qo‘mitalari va tibbiyot muassasalari rahbarlari o‘z lavozimidan ayrilgan.

Xususan, Xitoyning Szyansu provinsiyasi sharqidagi Nankin shahrida mahalliy aeroportda koronavirus tarqalishi tufayli 15 amaldor jazolandi.

Taʼkidlanishicha, Nankin shahri vitse-meri Xu Vanjin epidemiyaga qarshi kurash vazifalarini samarasiz bajargani uchun jarimaga tortilgan. Mahalliy sog‘liqni saqlash komissiyasi rahbari Fang Chjunyu ham jazolangan, u sifatsiz ish uchun lavozimidan chetlatilib, «jiddiy ogohlantirish» olgan. Tergov natijasida Eastern Airports bosh direktorining o‘rinbosari Van Chao qo‘lga olingan. Bu tashkilot aeroportda infeksiyalarni nazorat qilish bilan shug‘ullanadi. OAV xabariga ko‘ra, tergov olib borilayotgani sababli jinoyatchilar soni ortishi mumkin.

Qayd etilishicha, Nankin Lukou xalqaro aeroporti mamlakat bo‘ylab 20 dan ortiq shaharga tarqalgan delta shtammining ehtimoliy manbasi hisoblanadi. Mazkur shtamm yoyila boshlagach butun mamlakat bo‘ylab aeroportlar va bojxona koronavirus tarqalishining oldini olish uchun qattiqroq choralar ko‘rdi.

Xitoy hukumati mamlakatda infeksiya tarqalishini to‘xtata olmayapti. Xitoy Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasining maʼlumotlariga ko‘ra, 8 avgust kuni Xitoyda 125 kishida koronavirus aniqlangan, ulardan 94 nafari mamlakat ichida: Xenan provinsiyasida — 41, Szyansu viloyatida — 38, Xunan viloyatida — 12, va Xubey viloyatida — 3 kishi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Xitoyda COVID-19 avj olishi tufayli 30 dan ortiq amaldor jazolandi | Zamon.uz