“Agroekspress” loyihasi: O‘zbekistondan Rossiyaga mahsulotlarni tez va sifatli yetkazishga xizmat qiladi
“Agroekspress” loyihasi: O‘zbekistondan Rossiyaga mahsulotlarni tez va sifatli yetkazishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston va RF “Agroekspress” loyihasini yakunlash arafasida. Bu haqda Rossiya Iqtisodiy taraqqiyot vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach maʼlum qildi.
Ushbu loyiha O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini refrijeratorlarda tez va sifatli yetkazib berishni nazarda tutadi. Mahsulotlar “Toshkent-Moskva” yo‘nalishi orqali eksport qilinadi. Volvachning so‘zlariga ko‘ra, 22 iyun kuni Moskvada ikki davlat vakillari o‘rtasida “Rossiya-O‘zbekiston” logistik yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamjihatlik to‘g‘risida Hukumatlararo Memorandum imzolangan va shu asosida “Agroeksprss” loyihasi amalga oshirilayapti.
Logistik yo‘lak ishga tushirilsa, davlatlararo qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini barqaror asosda ayirboshlash va yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, 9 avgust kuni RF Prezidenti Vladimir Putin MDH mamlakatlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kelishni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi.







