AQSHda harbiy xizmatchilar majburiy emlanishi mumkin
Bu haqda AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin maʼlum qildi.


Ostin shu yilning sentyabr oyi o‘rtalarigacha harbiy xizmatchilarni majburiy emlash bo‘yicha Prezident Jo Baydendan ruxsat so‘rashini, bundan avval Bayden unga shu masala bo‘yicha topshiriq berganini, shundan keyin mutaxassislar bilan bu borada maslahatlashuv o‘tkazganini maʼlum qildi.
Ostinning fikricha, Pfizer va BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinalaridan foydalanish sentyabr boshlarida to‘liq maʼqullanishi mumkin. U, shuningdek, barcha harbiylarni emlanishga chaqirdi.
Shundan so‘ng, Oq Uy ushbu masala yuzasidan Bayden bayonotini eʼlon qildi. Unda Prezident Ostin pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, “Covid-19” bilan kasallanganlar soni dunyo miqyosida 202 milliondan oshgan.
Jahongir Qo'ziyev







