Filippinlik olimpiadachi qizga butun umr tekin parvoz qilish huquqi berildi
Filippinlik Hidilin Diaz 55 kg og‘ir atletikachi ayollar toifasida 224 kg yuk ko‘tarib, jahon rekordini yangiladi.


Bu Filippin tarixida ilk oltin medal bo‘ldi.
Diazning ushbu g'alabasi uchun Filippin Airlines va AirAsia Filippin kompaniyalari unga butun umri davomida dunyoning istalgan joyiga bepul parvoz qilish huquqini berishdi.
Bepul parvozdan tashqari, Diazga 2ta uy ham sovg‘a qilingan.







