Hindistonda yashovchi chet el fuqarolari emlanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi
Hindistonda yashovchi chet el fuqarolari CoWin portalida ro‘yxatdan o‘tish orqali koronavirusga qarshi emlanishlari mumkin. Bu haqda Sog‘liqni saqlash va oilaviy farovonlik vazirligi maʼlumotiga tayanib, The Telegraph nashri xabar bermoqda.


Qayd etilishicha, Hindistondagi chet el fuqarolari pasport maʼlumotlarini kiritgan holda CoWin maxsus portalida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
"Chet el fuqarolarining katta qismi Hindistonda yirik megapolislarda istiqomat qiladi. Bu hududlarda aholi zich bo‘lgani uchun “COVID-19” tarqalishining ehtimoli yuqori", deyiladi vazirlik xabarida.
Avval xabar qilinganidek, Hindistonda koronavirus bilan kasallanganlar orasida o‘lim soni rasmiy maʼlumotlarnikidan sezilarli darajada yuqori. Vafot etganlar soni 5 millionga yetgan bo‘lishi mumkin.
Nasiba To‘xtayeva







