Londonda mashhur Tower ko‘prigi buzilib qoldi
Bu haqda CNN xabar tarqatgan.


Ko‘prik paroxod o‘tib ketishi uchun ochilgan, ammo qayta yopishning iloji bo‘lmagan. Natijada London markazida transport harakati to‘xtab, katta tirbandlik yuzaga kelgan.
Politsiya xabariga ko‘ra, hodisa texnik nosozlik tufayli ro‘y bergan. Britaniya poytaxti aholisi va mehmonlariga alternativ yo‘nalishlardan harakatlanish tavsiya etildi.
Sharofat Mahmudova







