O'zbekiston

«Odamlar svet bo‘yicha, ayniqsa gaz bo‘yicha bizdan juda norozi» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni isteʼmolchilarni neft va gaz resurslari bilan barqaror taʼminlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

«Odamlar svet bo‘yicha, ayniqsa gaz bo‘yicha bizdan juda norozi» — prezident

 

 

Yig‘ilishda yilning 1-yarmida tabiiy gaz qazib olish va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha erishilgan natijalar tanqidiy muhokama qilindi.

 

«Gaz, neft sohasidagi islohotlar bo‘yicha ko‘p qarorlar, farmonlar qabul qildik, yangi rahbarlar qo‘ydik, transformatsiya bo‘yicha birinchi qadamlarni qo‘ydik. Neft va gaz bilan barqaror taʼminlash bo‘yicha aniq-aniq vazifalar nimalardan iborat? 

Juda katta izlanishlar hozirgi talab nuqtayi nazaridan o‘zining natijasini bermayapti. Joriy yilning o‘zida 917 mln kub gaz import qildik. Bu juda katta raqam, ikkinchidan, import qilganda o‘zimiz pul to‘layapmiz, valyutaga olib kelyapmiz. Bu kelajakda nima bo‘ladi? 

Uch yilda bergan [neft-gaz sohasiga] 1 mlrd 400 mln dollar pulimiz o‘z natijasini bermayapti, desak, bu ham to‘g‘ri bo‘ladi. Svet bo‘yicha, ayniqsa, gaz bo‘yicha odamlar bizdan juda norozi. Iqtisodiy manfaatdor nuqtayi nazaridan o‘zi imkoniyatlarimiz qanday? Bu imkoniyatlardan qanday foydalanamiz? Nima natija beradi?» - dedi prezident.

Prezident soha mutasaddilariga isteʼmolchilar manfaatlarini yuqori qo‘yish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga tabiiy gaz, suyultirilgan gaz hamda neft mahsulotlarini zarur miqdorda yetkazib berish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

«Odamlar svet bo‘yicha, ayniqsa gaz bo‘yicha bizdan juda norozi» — prezident | Zamon.uz