Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bir departament boshlig‘ining o‘rinbosari va shuʼbalardan birining mudiri tayinlandi.


Xususan, Akmal Jumanazarov Vazirlar Mahkamasi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida ish boshladi.
Shuningdek, Zafar Saidov Vazirlar Mahkamasi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentining Bazaviy va mudofaa sanoati tarmoqlarini rivojlantirish masalalari shuʼbasi mudiri etib tayinlandi.







