AQSH Adliya vazirligi 2001 yil 11 sentyabrdagi terraktga oid maxfiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqadi
AQSH Adliya vazirligi 2001 yil 11 sentyabrdagi terraktga oid maxfiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqmoqchi. Tekshiruv natijasida bu hujjatlarning maxfiylik darajasi qayta ko‘rib chiqiladi.


AQSH prezidenti Joz Bayden vazirlikning bu tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Baydenning so‘zlariga ko‘ra, uning adminstarsiyasi "qonun doirasida bo‘lgan maksimal shaffoflik tarafdori".
Oldin xabar qilganimizdek, yaqinlari 2001 yilning 11 senyabr terraktida halok bo‘lgan 2000 ga yaqin amerikalik AQSH Prezidenti Jo Baydendan ana shu hujumda Saudiya Arabistonining aloqasi borligini isbotlovchi hujjatlarni eʼlon qilishni so‘rab maktub yozgan edi.
Maktub mualliflari agar bu hujjatlar shu yilning 11 sentyabrigacha chop etilmasa, davlat rahbaridan terraktning 20 yilligiga bag‘ishlangan xotira marosimida qatnashmasligini so‘rashgan.
Sharofat Mahmudova







