O‘zbekistonda 3 balli zilzila qayd etildi
O‘zbekistonda 11 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:01 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi.


FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, yer silkinishi epitsentri Toshkentdan 438 kilometr janubiy-g‘arbda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 56 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4 ballga teng bo‘lgan.
Mamlakatda so‘nggi marta zilzila 10 iyul kuni qayd etilgandi. O‘shanda bir kunda ikki marta yer silkinishi kuzatilgan.







