O'zbekiston

O‘zbekistonda 6 oyda har 100 ming aholiga 132ta jinoyat to‘g‘ri keldi

2021 yil 6 oyida har 100 ming aholi soniga nisbatan 132ta jinoyat to‘g‘ri kelgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev maʼlum qildi.

O‘zbekistonda 6 oyda har 100 ming aholiga 132ta jinoyat to‘g‘ri keldi

 

 

Qayd etilishicha, 2021 yil 6 oyida 2017 yilning 6 oyiga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘p (8 592/15 321) jinoyatlar aniqlangan.

 

Joriy yil 6 oyi yakuniga ko‘ra, respublikaning 9 251ta mahalladan 4 559tasida (49,3 foiz) birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.

 

«O‘z navbatida, jami qayd etilgan 45 630ta jinoyatning 15 881tasi yoki 34,8 foizi avvalgi yillarda sodir etilib, joriy yilda hisobga qo‘yilgan.

 

Shuningdek, 15 434ta jinoyat (jami 45 630tadan 33,8 foiz) xodimlarning tashabbusi bilan aniqlandi va shunday jinoyatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 71,4 foizga (9 004tadan 15 434taga) yaxshilandi.

 

Shu jumladan, xodimlarimiz tomonidan 548ta korrupsiyaviy, 99ta odam savdosi va 322ta kiberjinoyatlar fosh etildi, 368 kg narkotik vositalari, 55 dona o‘qotar qurol va 212 dona o‘q-dorilarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi», dedi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari.

 

Taʼkidlanishicha, avvalgi yillardan ochilmasdan qolgan 3 833ta jinoyat fosh etilgan, qidiruvdagi 1 888 nafar shaxs ushlangan hamda bedarak yo‘qolgan 263 nafar shaxs topilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda 6 oyda har 100 ming aholiga 132ta jinoyat to‘g‘ri keldi | Zamon.uz