“Paxtakor-79” abadiy qalbimizda!
Bugun aviahalokat natijasida “Paxtakor” futbol klubi aʼzolarining halok bo‘lganiga 42 yil to‘ldi.

1979 yilning 11 avgustida Ukrainaning Dneprodzerjinsk shahri yaqinida 8400 metr balandlikda Toshkent-Gurev-Donetsk-Minsk yo‘nalishi bo‘ylab uchib borayotgan Tu-134 hamda shu rusumdagi yana bir samolyot havoda to‘qnashib ketdi. Aviahalokat natijasida ikkala havo kemasidagi barcha 178 nafar yo‘lovchi va ekipaj aʼzolari halok bo‘lishdi, shu jumladan, Toshkentning “Paxtakor” jamoasining 17 nafar aʼzosi olamdan ko‘z yumdi. Ushbu voqea 13 avgust kuni Minskda “Dinamo”ga qarshi belgilangan uchrashuv arafasida ro‘y beradi. Halok bo‘lgan “Paxtakor” jamoasining o‘n yetti aʼzosi futbol muxlislari va butun o‘zbek futboli jamoatchiligi qalbida abadiy muxrlanib qoladi.







