Singapurda dunyodagi eng kichik chaqaloq shifoxonadan chiqdi
BBC xabar qilishicha, Kvek Yuy Syuan tug‘ilganida 212 gramm vaznga ega bo‘lgan. U homiladorlikning 25 haftasida dunyoga kelgan. Shu bois chaqaloqning yashab ketishiga deyarli hech kim umid qilmagan.


U 2020 yilning 9 iyunida dunyoga kelgan. Gap shundaki, chaqaloqning onasida preeklampsiya aniqlangan, bunday holatda ona va bolaning nobud bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Yuy Syuan tug‘ilishi bilan reanimatsiya bo‘limiga o‘kazilib, maxsus apparatga ulangan.

Qizcha shifoxonada 13 oy davomida qolib, 6,3 kg vazn to‘pladi. Ammo o‘pkasida hali ham muammolar bor. Shunga qaramay, shifokorlar qizcha to‘laqonli hayot kechirishiga umid qilishmoqda.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, chaqaloq shunchalik kichkina bo‘lganki, hatto uning tagliklarini qaychida kichraytirishga to‘g‘ri kelgan.

Oldingi rekord 2018 yilda AQSHda 245 gramm tug‘ilgan chaqaloqqa tegishli bo‘lgan.
Sharofat Mahmudova







